O‘zbekistonda QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi, deb xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, quyidagilar bo‘yicha savdo aylanmasi QQSga tortiladi:
- tibbiy xizmatlar;
- veterinariya xizmatlari;
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.
Shuningdek, O‘zbekiston hududiga olib kirishda quyidagilar QQSga tortiladi:
- dori vositalari,
- veterinariya dori vositalari,
- tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek, qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.
Avval ular QQSdan ozod qilingan.
Izoh (0)