“O‘zgidromet” O‘zbekistonning ayrim hududalarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yil 30-dekabrdan 2024-yil 2-yanvarga qadar kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan, quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumani.
Izoh (0)