Qoraqalpog‘istonda 19 yoshli qiz 29-dekabr kuni ko‘p qavatli uyning liftida qolib ketdi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, soat 13:55 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB tezkor raqamiga 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning liftida texnik nosozlik oqibatida qolib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
Xabar bo‘yicha chaqirilgan manzilga maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv guruhi xodimlari tezkorlik bilan yetib borib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)