Toshkentda pirotexnika vositalarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi qamoqqa olindi. Bu haqda “Daryo”ga poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB tezkor qidiruv xizmati tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda Olmazor tumanida katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy tarqalishiga chek qo‘yildi.
Tumanning “Zamondosh” mahallasida ko‘p qavatli uy oldidagi avtoturargohda ikki shaxsga tegishli, bahosi 509 million so‘mdan ortiq bo‘lgan katta miqdordagi pirotexnika vositalari aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ushbu moddadagi jinoyatni sodir etganlar 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh (0)