• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eng ozoda mamlakat — Shveysariya chiqindilardan qanday qilib pul ishlaydi?

    Forbes jurnali Shveysariyani dunyodagi eng ekologik toza davlat deb topgan (100 balldan 95,5 ball). Reytingni tuzishda ekspertlar birinchi navbatda chiqindilarni boshqarish tizimining ishlashini baholagan. Shveysariyada bitta ham chiqindi poligoni qolmagan, barcha chiqindilar yangi tovarlar yoki energiyaga aylantiriladi. Bu qanday amalga oshirilishi haqida “Daryo” hikoya qiladi.

    Konfederatsiyadagi chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash jarayoni Shveysariya soati kabi ishlaydi. Mamlakatda dunyoda birinchi bo‘lib “nol” dafn marosimiga erishilgan. Shveysariyada bitta ham chiqindi poligoni yo‘q. Ular 2000-yilda qonun bilan taqiqlangan. Ammo aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan axlat konteynerlari ko‘pligi bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Lekin har doim ham shunday bo‘lmagan.

    Tarix

    Bunga ishonish qiyin, ammo 80-yillarning boshlarida Shveysariyadagi ekologik vaziyat dahshatli edi: kichkina mamlakatda chiqindini utilizatsiya qilish uchun shunchaki joy qolmagan. Chiqindixonalar to‘lib-toshgan, tuproq, yerosti suvlari va daryolar chirigan chiqindilar bilan ifloslana boshlagan. Biologik xilma-xillik pasayib borgan. Mamlakat ekologik falokat yoqasida edi. Favqulodda choralar talab etilgan. Chiqindilarni yo‘q qilishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratishga qaror qilindi. Bu — chiqindilarni alohida yig‘ish, ularni mahsulot va energiya sifatida qayta ishlash majmualarini qurish, jarimalarning qat’iy tizimi va “chiqindi” politsiyasini o‘z ichiga olar edi.

     “Iflos qilgan odam to‘laydi”

    Shveysariya RSO (Hududiy ogohlantirish) tizimining asosiy prinsipi — “iflos qilgan odam to‘laydi”. U barcha toifalarda birdek ishlaydi — yirik korporatsiyalardan tortib mamlakat fuqarolarigacha. Chiqindilarni umuman ajratishni istamaydiganlar uchun 11, 35 va 60 litrlik maxsus belgilar qo‘yilgan sumkalar sotiladi. 60 litrli sumkalar taxminan 3,8 frank turadi. Bu pul saralash va qayta ishlashga ketadi. Lekin hamma joyda qog‘oz, karton, shisha, metall, plastmassa va oziq-ovqat chiqindilari uchun alohida idishlar mavjud. Katta do‘konlarda ko‘pincha batareyalar, lampochkalar va plastik butilkalarni yig‘ish punktlari bo‘ladi. Ayniqsa, atrof-muhit haqida qayg‘uradigan yoki shunchaki pulni tejashni xohlaydiganlar uchun yana ellik turdagi konteynerlar mavjud.

    Bundan tashqari, maxsus chiqindi tashish mashinalari shahar va qishloqlarni kezib, jadval asosida har xil turdagi qattiq maishiy chiqindilarni to‘playdi. Misol uchun, Rojdestvo archalari 7-yanvarda qat’iy ravishda yig‘ib olinadi. Ulgurmaganlar archalarni qayta ishlash punktiga o‘zlari olib kelib topshirishi kerak.

    Shveysariyaliklarning chiqindilarni qayta ishlash usuli ishlatilgan choy paketini “saralash” misolida tasvirlangan. Paket yorlig‘i qog‘oz solingan idishga, choy barglari esa oziq-ovqat chiqindilariga, qog‘oz qisqichlari metallga, qolgan qismlari bo‘lsa aralash chiqindilarga tashlanadi. Muhimi, deyarli hamma shunday qiladi. Chiqindilarni boshqarish madaniyati bolalikdan singdirilgan.

    “Chiqindi” politsiyasi RSO qoidalarini buzuvchilarni “ovlaydi”. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, ular noto‘g‘ri joyda yoki markirovkasiz qoldirilgan paketlar tarkibini tahlil qiladi va egasini osongina aniqlaydi. Bunday e’tiborsizlik uchun jarimalar “osmon” — qonunni buzganlik uchun 3000 frank, sud xarajatlari uchun yana 530 frank ketadi. Shu sababdan omadini sinab ko‘rishga tayyor odamlar kam.

    Qayta ishlash

    Shveysariyada 30 dan ortiq qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash majmualari mavjud. Chiqindilarning 53 foizi yangi mahsulotlar uchun xomashyoga aylantiriladi. Fraksiyalarning ayrim toifalari uchun bu ko‘rsatkich 96 foizga yetadi. Qayta ishlash bo‘yicha yetakchilar:

    • Shisha — 96 foiz;
    • Alyuminiy qutilar — 92 foiz;
    • Qog‘oz — 90 foiz;
    • Plastik butilkalar — 82 foiz;
    • Batareyalar — 71 foiz.

    Shu bilan birga, shveysariyaliklar qayta ishlanadigan materiallarning tarkibi qanday o‘zgarishini sinchkovlik bilan kuzatib boradi va tom ma’noda har bir foiz uchun kurashadi.

    Chiqindilarni yoqish zavodi

    Qayta ishlatib bo‘lmaydigan chiqindi, ya’ni “dumlar” chiqindilarni energiyaga aylantiradigan zavodlar uchun yoqilg‘i bo‘lib xizmat qiladi. Ular chiqindi poligonlarining o‘rnini egallaydi. Mamlakat bo‘ylab 30 dan ortiq shunday korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, bir qancha yangilari qurilmoqda. Qurilish maydonini tanlashda asosiy mezon qulay logistikadir. Shuning uchun bunday korxonalar shahar markazlarida va Alp tog‘lari etaklaridagi yaylovlar orasida joylashgan.

    Chiqindi to‘kiladigan xonalarda past bosim saqlanadi. Ichkarida havo so‘rib olinadi, bu yoqimsiz hid tarqalishining oldini oladi. Ezilgan chiqindilar 1 200 daraja haroratda panjara ustida yondiriladi. Bunday sharoitda barcha zararli moddalar — dioksinlar va furanlar yo‘q qilinishi kafolatlanadi.

    Tutunli gazlar o‘zidagi issiqlikni suvga berib, uni bug‘ga aylantiradi, bu esa turbinani yurgizadi. Shu tarzda elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Gazlar bo‘lsa ko‘p bosqichli tozalash tizimiga kiradi. Dastlab, ular so‘ndirilgan ohak va faol uglerod bilan o‘zaro reaksiyaga kirishadi, so‘ngra filtrdan o‘tadi va kullari qolib ketadi. Natijada quvurdan toza bug‘ chiqadi. Uning tarkibini korxona xodimlarining o‘zi ham, mustaqil ekspertlarni jalb qiluvchi hokimiyat organlari ham nazorat qilib turadi.

    Shveysariya zavodlari Hitachi Zosen Inova texnologiyasidan foydalangan holda ishlaydi, ushbu texnologiya asosida butun dunyo bo‘ylab 500 dan ortiq zavod qurilgan.

    Shveysariya federal atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining chiqindilarni boshqarish bo‘limi sobiq rahbari Gans-Piter Farnining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi dioksinlarning eng katta manbayi bu chiqindilarni gulxanda yoqishdir. Bunga metallurgiya ishlab chiqarish va kimyoviy sintez korxonalari hissa qo‘shmoqda. Chiqindilarni yoqish zavodiga kelsak, mamlakatdagi o‘nlab zavodlar yiliga 2-3 gramm dioksin chiqaradi. Bu juda kichik raqam.

    Chiqindilarni yoqish natijasida hosil bo‘lgan energiya Syurix, Bern, Lyusern va boshqa ko‘plab shaharlardagi turar joy binolarini issiqlik bilan ta’minlaydi. Hozirda Shveysariyadagi zavodlar taxminan 70 foiz quvvat bilan ishlamoqda. Mamlakat qo‘shnilardan ixtiyoriy ravishda chiqindi sotib oladi. Qayta ishlanishi kerak bo‘lgan har 10 konteyner chiqindi xorijdan keladi. Natijada, Shveysariya boshqalarning chiqindilaridan uch karra foyda oladi. Avval chiqindini qabul qilgani uchun, keyin qayta ishlanadigan materiallar uchun va nihoyat energiya uchun.

    Shu tariqa Shveysariya 30 yil ichida ekologik falokatdan qutulib, dunyodagi eng toza davlatga aylandi va hatto bundan mo‘maygina pul ishlab keladi.

    26.12.2023, 15:40   Izoh (0)   11895
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Surayyo Majidova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shveysariyada dunyodagi eng uzun yo‘lovchi poyezdi rekordi o‘rnatildi (video)

    31.10.2022, 16:21

    Shveysariyada dunyodagi eng qimmat xotdog taklif qilinmoqda. Uning narxi 262 dollar

    23.11.2022, 00:45

    Shveysariya barcha mamlakatlarni kassetali bombalardan foydalanmaslikka chaqirdi 

    10.07.2023, 20:53

    Meksikada minglab muhojirlar AQSH chegarasi tomonga marsh uyushtirdi

    26.12.2023, 15:25

    Netanyaxu G‘azo sektorida urushni tugatish uchun uchta shart aytdi

    26.12.2023, 13:06

    Ukraina Rossiyaning “Novocherkassk” yirik desant kemasini portlatdi, bir kishi halok bo‘ldi (video)

    26.12.2023, 12:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20

    Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:15

    Turk seriallari yulduzlarining rashkchi turmush o‘rtoqlari tufayli yuzaga kelgan mojarolar

    Kino | 2 avgust, 10:50

    Surxondaryoda hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.