AQSHda Yelloustoun milliy bog‘idagi kiyiklar orasida “zombi” virusi aniqlandi, u odamlarga ham yuqishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Kasallik aniqlangan kiyiklardan biri o‘lik holda topilgan. Infeksiyani yuqtirgan kiyiklarning miya faoliyatida buzilish qayd etiladi. Xususan, hayvonlar odamlardan qo‘rqishni to‘xtatib, tashqi ogohlantirishlarga reaksiya bildirmaydi. Kiyiklar istirohat bog‘ida maqsadsiz kezadi, so‘lak chiqaradi va keyin nobud bo‘ladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, virus yuqumli, hozirda unga qarshi vaksina mavjud emas, kasal hayvonni davolashning esa iloji yo‘q. Shu bilan birga, olimlar virus turlararo to‘siqni yengib o‘tishini istisno qilmaydi. Shu sababli “zombi” virusi odamlar uchun potensial xavfli deb tasniflanadi. Mutaxassislar aholidan kiyik go‘shti iste’mol qilmaslikni tavsiya qilmoqda.
Izoh (0)