AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp saylovdagi raqibi, Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenni g‘irromchi deb atadi va Bayden tufayli Rojdestvo bayramini o‘tkazish qiyin bo‘lganini yozdi.
“Siyosiy raqibini panjara ortiga qo‘ymoqchi bo‘lgan g‘irromchi va layoqatsiz prezident bor ekan, Rojdestvoni chinakamiga ajoyib o‘tkazish qiyin”, — dedi Tramp Truth Social nashriga.
Uning ta’kidlashicha, Bayden o‘z maqsadiga erishish uchun “ko‘p ter to‘kmoqda”.
Avvalroq Baydenning reytingi tezda pasayishda davom etayotgani xabar qilingandi.
Yaqinda reyting rekord darajadagi 40 foizga tushib ketdi: so‘rovnomalar shuni ko‘rsatdiki, bu Yaqin Sharqdagi urush bilan bog‘liq. Qayd etilishicha, hatto Amerika yetakchisi tarafdorlarining salmoqli qismi uning Isroil—Falastin mojarosidagi siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydi.
Izoh (0)