Isroil armiyasi mahalliy aholiga yordam berish uchun G‘azo sektori markazida to‘rt soatlik gumanitar pauza e’lon qildi.
Bu haqda Isroil hukumatining Falastin hududlaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi X ijtimoiy tarmog‘idagi (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qilgan.
“Isroil armiyasi tinch aholiga oziq-ovqat va suv zaxiralarini to‘ldirishga imkon berish uchun taktik pauzalarni amalga oshirmoqda. Bugun, 25-dekabr kuni Dayrdagi Al-Shayx Muhammad al-Yamaniy hududida gumanitar pauza o‘rnatilmoqda, deyiladi xabarda.
Isroil 24-noyabr kuni HAMAS bilan janglarni vaqtincha to‘xtatdi, shundan so‘ng sulh ikki marta uzaytirildi — avvaliga ikki kunga, keyin yana bir kunga. 1-dekabr kuni ertalab uning muddati tugadi va janglar yana davom etdi.
Izoh (0)