Qozog‘istonning Abay viloyatida besh yashar bola muzlagan Qorako‘l daryosi ostiga tushib ketdi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
22-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:54 da Taskesken qishlog‘ida besh yoshli bola muzlagan daryo ostiga tushib ketgani bo‘yicha politsiyaga xabar berilgan. Bola qishloq chetida joylashgan muzlagan Qorako‘l daryosining mo‘rt yuzasida tengdoshi bilan o‘ynab yurgan.
“Vahima ichida yaqin atrofdagi tengdoshi kattalar oldiga yugurib yordam so‘ragan. Guvohlar voqea joyiga borib, bir vaqtning o‘zida qutqaruvchilarni ham chaqirgan. Bolani qidirish davom etmoqda”, — deydi Abay viloyati politsiyasi.
Bu yil viloyatda sovuq kech keldi, shu bois daryo va ko‘llardagi muz qalinligi hozirda uch santimetrdan oshmaydi.
Izoh (0)