Qozog‘istonning Oqto‘be shahridagi maktablardan birida 13 yoshli o‘quvchi vafot etdi. Bu haqda “Diapazon” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, hodisa 27-sonli taʼlim muassasasida sodir bo‘lgan. 7-sinf o‘quvchisi partaning burchagiga urilgach, yiqilib tushgan.
“Bu hammani hayratda qoldirdi. Qizimning aytishicha, voqea uchinchi qavatda sodir bo‘lgan. Bola sinfga yugurib kirib, ostonada qoqilgan va tomog‘i bilan parta yoki stol burchagiga urilgan”, — deydi maktabdagi o‘quvchilardan birining onasi.
Oqto‘be viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi sodir bo‘lgan voqea haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.
“13 yoshli bola maktabda yiqilib, parta burchagiga urilgan. U klinik o‘lim holatida shifoxonaga yetkazilgan. Tekshiruv vaqtida uyqu arteriyasida pulsatsiya kuzatilmagan, qon bosimi aniqlanmagan, bola hushida bo‘lmagan. Jag‘ sohasida jarohat qayd etilgan. Darhol reanimatsiya boshlangan. Soat 11:25 da o‘lim tasdiqlangan”, — dedi Oqto‘be viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Rustem Isayev.
Izoh (0)