• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Raqamli xizmatlar bilan vaqtni tejash, hayotni oson va qulay qilish mumkin” — Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassisi

    Hozirgi kunda ko‘plab hujjat ishlarini onlayn, uyda yoki ish joyida o‘tirgan holda bitirish mumkin.

    Binobarin, hozirgi zamon kishisining vaqti tig‘iz, vazifasi ko‘p, har tomonlama tejamkor takliflarga talabi yuqori. Bugun my.gov.uz xizmatlari aholiga qaysi jihatlari bilan manzur bo‘layotgani haqida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassisi Bobur Nurmanov bilan suhbatlashdik.

    - Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi onlayn xizmatlar soni va sifati oshishiga, aholining bu kabi qulayliklarni tushunib, ularni tanlashiga sabab bo‘lmoqda. Ayting-chi, my.gov.uz qanday afzalliklari bilan insonlarni jalb etdi?

    - Sir emas, turli masalalarda, masalan, sertifikatlar yoki ruxsatnomalar olish, davlat idoralaridan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishni o‘ylagan odam borki, ovoragarchilik, qog‘ozbozlik, keti uzilmaydigan navbatlardan yurak oldirib qo‘ygan.

    Shuning uchun ham fuqarolarimiz bunday ishlarni murakkab, yugur-yuguri ko‘p, ortiqcha vaqt talab qiladigan yumush deb bilib, ular bilan shug‘ullanishni paysalga solishadi yoki ayrim hollarda hujjatlashtirish niyatidan voz kechib qo‘ya qolishadi.

    Biroq vaziyat taqozo qilsa, biror ruxsatnoma yoki oddiy maʼlumotnoma olishga majbur inson anʼanaviy holatda hamma ishlarini tashlab, alohida vaqt ajratib, vakolatli davlat idorasiga boradi, aksiga olib murojaatchilar soni ko‘p bo‘lsa, navbat kutib butun kunni shu ishga bag‘ishlashiga to‘g‘ri keladi.

    Fuqarolarimiz duch kelishi mumkin bo‘lgan mana shunday holatlarning oldini olish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz joriy etilgan.

    Bugungi kunda aholimizning 77 foizi internet foydalanuvchilari hisoblanar ekan, bu o‘z navbatida onlayn xizmatlarga bo‘lgan talab ortganidan ham darak beradi. Joriy yilda my.gov.uz portalidagi xizmatlar soni 550 tadan oshdi. 7 milliondan ortiq aholi va tadbirkorlar davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali va uning mobil ilovasi orqali foydalanishga o‘tdi.

    Xususan, joriy yilda yangi ishga tushirilgan haydovchilik guvohnomasini yangilash (95 000 ta ariza), talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (55 000 ta ariza) kabi xizmatlardan jami 24 mln marotaba foydalanilgan.

    Elektron xizmatlardan foydalanish orqali fuqarolarimiz, avvalo, qimmatli vaqtlarini tejashga, shuningdek, davlat idoralari tomonidan ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda o‘z mablag‘larini iqtisod qilishga erishadi.

    my.gov.uz orqali elektron xizmatlardan foydalanish inson ishtirokini maksimal darajada kamaytirib, murojaatingiz qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini kafolatlaydi, asosiysi, kimlargadir aldanib qolish xavfidan xoli bo‘lasiz.

    Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, my.gov.uz orqali fuqarolar arizalari asosida vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan har bir elektron hujjat vakolatli shaxslar tomonidan imzolanib, muhrlanadigan qog‘oz hujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega.

    – Vaqt tejamkorligi masalasi – tushunarli, ammo siz mablag‘ iqtisod qilinishi haqida ham gapirdingiz. Bunda nima nazarda tutildi?

    – Aytmoqchi edimki, fuqarolar my.gov.uz orqali pullik elektron xizmatlardan foydalanishda qonunchilikda belgilab qo‘yilgan xizmat narxidan 10 foiz arzonroq to‘lashadi. Bundan tashqari, foylanuvchining nogironligi elektron axborot almashinuvi orqali tasdiqlangan fuqarolarimizga 50 foiz chegirma beriladi.

    Taʼkidlab o‘tmoqchimanki, mazkur chegirmalar qo‘llanishi davlat idorasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatning sifatiga, xizmat ko‘rsatish muddatiga hamda yakuniy natijaga mutlaqo taʼsir qilmaydi.

    Davlat idorasiga yoki davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, ariza qoldirilganda esa borib-kelish uchun sarflanadigan yo‘lkira xarajatidan tashqari qonunchilikda belgilangan pullik xizmat narxini ham chegirmalarsiz to‘lashga to‘g‘ri keladi.

    Mana nima uchun ko‘p yurtdoshlarimiz kundalik hayotiy masalalarni hal qilishda elektron xizmatlardan foydalanishni afzal ko‘rishmoqda.

    Yana bir muhim maʼlumot, my.gov.uz orqali fuqarolarimiz 200 dan ortiq xizmatlardan foylanishda mutlaqo pul to‘lashmaydi. Shuningdek, alohida vaqt ajratib davlat idorasiga borib-kelish xarajatlarini ham tejashlari mumkin.

    - Bepul xizmatlardan eng ommaboplarini sanab o‘tolasizmi?

    - Ha albatta, yuqorida aytganimdek, my.gov.uz da bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni ko‘p va hozir ulardan eng talabgirlarining nomlarini keltirib o‘taman:

    1) Bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish (shu kunga qadar 6,3 mln marta foydalanilgan);

    2) Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti tizimiga hisobga qo‘yish (shu kunga qadar 2,3 mln marta foydalanilgan);

    3) Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida maʼlumot olish (shu kunga qadar 2,1 mln marta foydalanilgan);

    4) Soliqdan qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida maʼlumotnoma (shu kunga qadar 1,8 mln marta foydalanilgan);

    5) Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish (shu kunga qadar 1,4 mln marta foydalanilgan) va boshqalar.

    Shuniyam alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, elektron xizmatlarning aksariyati avtomatik tarzda ko‘rsatiladi, yaʼni natija olishingiz uchun vaqt talab etilmaydi, so‘ralgan maʼlumotnoma ariza berilgan zahoti hujjat shakllanadi.

    - Yagona portaldan asosan necha yoshlilar foydalanishadi?

    - Tahlillarga ko‘ra, my.gov.uz foydalanuvchilari 25-34 yosh oralig‘idagi insonlar ekanligi ayon bo‘ldi. Umumiy foydalanuvchilar sonida ularning ulushi 32 foizga teng. Shuningdek, iqtisodiy faol qatlam hisoblanuvchi 35-44 yoshli fuqarolarimizning elektron xizmatlardan foydalanish darajasi ham salmoqli – 23 foizni tashkil etmoqda.

    - my.gov.uz dan foydalanish aholimiz uchun qay darajada qulay, u oddiy odamlar uchun tushunarli qilib yaratilganmi?

    - Yagona portal ilk bor 2013-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, bugungi kungacha bir necha marotaba takomillashtirish ishlari amalga oshirilgan.

    my.gov.uz sodda, har bir xizmat tegishliligi bo‘yicha bo‘lim va toifalarga ajratilgan holda tashkillashtirilgan. Tizimga kirish hamda elektron xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni to‘ldirish qulay, har qanday internet foydalanuvchisi ishlata oladigan darajada aniq va lo‘nda bo‘lishiga ahamiyat qaratilgan.

    Shuningdek, my.gov.uz foylanuvchisi har bir elektron xizmatni olishdan oldin asosiy shartlari (xizmat ko‘rsati narxi, muddati, xizmat ko‘rsatuvchi davlat organi, ushbu organ bilan bog‘lanish maʼlumotlari) aks ettirilgan “Xizmat pasporti” bilan tanishib chiqishi mumkin. Ommabop elektron xizmatlar bo‘yicha tayyorlangan videoyo‘riqnomalar ham xizmat pasportidan o‘rin olgan.

    Bundan tashqari, mobil qurilmalar shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrga mos ravishda, Android va iOS tizimlari uchun my.gov.uz ning mobil ilovasi ham ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda 1 mln.dan oshiq foylanuvchilar tomonidan ko‘chirib olingan.

    - Suhbatingiz uchun tashakkur! Xalqning og‘irini yengil qilishdek mashaqqatli va sharafli ishlaringizda omad yor bo‘lsin!

    - Rahmat, elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirishda jurnalistlarning o‘rnini yuqori baholaymiz hamda my.gov.uz ni ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlaringiz uchun minnatdorlik bildiramiz!

    Reklama huquqi asosida.

    20.12.2023, 15:00   Izoh (0)   5900
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tenge Bankdan bayramona keshbeklar! 

    20.12.2023, 12:00

    “Kapitalbank” uchinchi avtomobilni o‘yin g‘olibiga topshirdi 

    19.12.2023, 12:00

    Havas tarmog‘i 300-do‘konini ochdi

    19.12.2023, 09:00

    NRG kompaniyasi Andijonda biznes-klassga mansub NRG Nigorxonim turar joy majmuasidagi xonadonlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi

    18.12.2023, 21:00

    O‘zbekistonlik foydalanuvchilar mahsulot va xizmatlar haqida sharh qoldirgani uchun rag‘batlantiriladi 

    18.12.2023, 19:31

    Bref bilan yangi yil layfxaklari

    18.12.2023, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nafis mato va ochiq ranglar: taniqli instablogerlarning yozgi obrazlarini tahlil qilamiz

    Layfstayl | 5 avgust, 19:40

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20

    Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:19

    Lazizbek Mullajonovning Olimpiya medali bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Sport | 5 avgust, 19:15

    Toshkentda velosiped o‘g‘risi 5 yildan ko‘proq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:05

    Samarqand viloyati hokimining to‘rt o‘rinbosari o‘zgardi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 18:51

    Endokrinolog marmelad shaklidagi vitaminlar xavfi haqida ogohlantirdi

    Farzand | 5 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.