• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘tgan yili O‘zbekistonda 9 mln kishi norasmiy ishlagani sabab davlat budjetiga 32,9 trln so‘m soliq tushmay qolgan—MHTI

    Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) o‘rganishlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholi soni 15 million kishini tashkil etgan. Shundan 9 millionga yaqini norasmiy sektorda band bo‘lgan. Norasmiy sektordagi ish haqi rasmiy ish haqiga teng bo‘lgan taqdirda, o‘tgan yili davlat budjeti soliq tushumlaridan 32,9 trillion so‘m olmagan.

    Foto: Google

    Institut tahlillariga qaraganda, O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning ulushi yalpi ichki mahsulotning qariyb 40 foizidan 60 foizigacha yetadi.

    “Uy-joy va transport vositalarining ikkilamchi bozori, norasmiy savdo, xizmatlar ko‘rsatish va boshqa sohalar yashirin iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omillari bo‘ldi”,—deya maʼlum qildi MHTI mutaxassislari.

    MDH davlatlaridagi holat

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2019-yilda Mustaqil davlatlar hamdo‘stigi mamlakatlari orasida yashirin iqtisodiyot ulushi turlicha ekanini aniqlagan. Xususan, Ukrainada bu ko‘rsatkich YIMga nisbatan 45 foizga teng. Belarusda 44,5 foiz, Tojikistonda 43 foiz qayd etilgan. Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistonda yashirin sektorning ulushi 38 foiz atrofida bo‘lgan.

    Dunyodagi vaziyat

    Hozirda AQSh va Yaponiyada yashirin iqtisodiyotning ulushi boshqa davlatlarga nisbatan past. Masalan, Amerikada xufiyona iqtisodiyot YIMga nisbatan 8 foiz, Yaponiyada 8,1 foizdir. 

    “Taqqoslash uchun, ushbu ko‘rsatkich Singapurda 8,6 foiz, Avstriyada 9 foiz, Buyuk Britaniyada 9,6 foiz, Germaniyada 10,2 foiz, Kanadada 11 foiz”—deya qayd etgan MHTI tadqiqotchilari.

    O‘rganishlarga ko‘ra, xufiyona iqtisodiyot ulushi boshqa mamlakatlar, xususan, Xitoyda 14,5 foiz, Koreyada 18,4 foiz, Portugaliyada 18,5 foiz, Italiyada 19,5 foiz, Ispaniyada 21,7 foiz va Braziliyada 36,5 foizdir.

    “Misol uchun, Yaponiyada barcha jismoniy shaxslar, yaʼni ushbu mamlakat fuqarolarining maqomi bo‘yicha ham rezidentlarga tenglashtirilgan. Mamlakatda soliqlar fuqarolar uchun intizomiy omil sifatida muhim rol o‘ynaydi. Soliq to‘lovchilar o‘z to‘lov majburiyatiga juda jiddiy yondashadi. Chunki bu davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ularning shaxsiy hissasini taʼminlashini tushunadi. Bundan tashqari, Yaponiyada budjet daromadlarini taqsimlashning yetarlicha shaffof tizimi mavjud bo‘lib, fuqarolar davlat aholidan to‘plangan mablag‘lardan qanday foydalanayotganining amaliy natijalarini bevosita ko‘rishi mumkin”—deya masalani tahlil qilgan MHTI loyiha rahbari Anton Kostyuchenko, ilmiy xodimlari Odiljon Nazarov va Abdusattor Abdumo‘minov.

    O‘zbekistonda xufiyona iqtisodiyotni ulushini qanday kamaytirish mumkin?

    MHTI mutaxassislari yashirin (noqonuniy) iqtisodiyot ulushini kamaytirish bo‘yicha uchta taklif bildirdi. Ular quyidagilar:

    1. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining ixtiyoriy ravishda soliq to‘lashini rag‘batlantiruvchi omillardan biri odamlar o‘z badallaridan oqilona foydalanilayotganiga, soliq tizimi adolatli ekanligiga ishonch hosil qilishlari uchun shaffof muhitni taʼminlashdan iborat:

    • aholi soliq tushumlaridan davlat xizmatlarini, infratuzilmani, ijtimoiy dasturlarni va jamiyatni rivojlantirishni moliyalashtirish uchun qanday foydalanilishi haqida aniq maʼlumotga ega bo‘lishi kerak;
    • fuqarolarga budjet bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, mablag‘larning taqsimlanishi va turli budjet qarorlarining taʼsirini o‘rganish va davlat xarajatlari bo‘yicha muntazam ravishda batafsil hisobotlarni olish imkonini beruvchi onlayn vositalar yoki platformalarni yaratish;
    • aholini soliqlarning ahamiyati, ularning jamiyat farovonligiga qo‘shayotgan hissasi va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash oqibatlari to‘g‘risida xabardor qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

    2. Yana bir yo‘nalish bu maʼrifiy ahamiyatga ega bo‘lgan jamoat tadbirlaridir. Ular aholi va tadbirkorlik subyektlari jamiyat farovonligi uchun soliqlarni to‘lashning muhimligini tushunishida muhim rol o‘ynaydi. Bu davlat xizmatlari, infratuzilma va ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlash uchun soliqlarning afzalliklarini tushuntiruvchi aniq va tushunarli materiallarni ishlab chiqishni talab qiladi. Davlat xizmatlari va soliq tushumlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar (maktablar, shifoxonalar, yo‘llar va boshqa jamoat obyektlari) haqida aniq misollar keltirish maqsadga muvofiq.

    Aholining turli qatlamlarini qamrab olish uchun turli aloqa kanallari, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, radio, gazeta va ommaviy tadbirlarni qo‘llash orqali yaxshi natijaga erishish mumkin.

    3. Notarial idoralar tomonidan, xususan, avtomobillar va ko‘chmas mulk oldi-sotdisi sohasidagi noqonuniy savdo operatsiyalari sonini kamaytirish:

    • shartnomalar tuzish jarayonida “Notarius” avtomatlashtirilgan yagona axborot tizimining joriy soliq to‘lovchilar maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvi hamda sotuvchi va oluvchining yillik jami daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya mavjudligini tekshirish;
    • daromadlar va soliq to‘lovlari o‘rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, soliq idorasidan yillik jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani (soliq qonunchiligiga muvofiqligi to‘g‘risidagi guvohnoma) taqdim etishni talab qilish;
    • muddati o‘tgan va to‘lanmagan soliqlar aniqlangan taqdirda soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq amnistiyasini qo‘llash (soliqlarni imtiyozli stavka bo‘yicha va 6 oyga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati).

    19.12.2023, 11:48   Izoh (0)   10366
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yil boshidan beri O‘zbekiston budjeti taqchilligi rekord darajada ortgani maʼlum qilindi

    01.11.2023, 12:35

    Kelgusi 3 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi qanchaga yetishi prognoz qilindi

    05.11.2023, 23:35

    “Bu yil dunyo iqtisodi 3 foiz, O‘zbekiston iqtisodi 5,6 foiz o‘sishi kutilmoqda” — Jamshid Qo‘chqorov

    10.11.2023, 11:45

    “Stipendiyalar oshmaganiga 2,5 yil bo‘ldi” — iqtisodchi budjet sarfi bilan bog‘liq muammo haqida gapirdi

    28.11.2023, 15:20

    O‘zbekistonda 10 oylik gaz qazib olish hajmi 4,1 mlrd kubometrga kamaydi

    17.12.2023, 12:55

    O‘zbekistonda kimlar kommunal to‘lovi uchun davlatdan kompensatsiya olishi mumkinligi eslatildi

    16.12.2023, 09:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.