• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ko‘zbo‘yamachilik”. Qashqadaryoda qurilishi boshlab yuborilgan 19 ta uy tender savdosiga qo‘yilib, talabgor quruvchi izlanmoqda

    Qashqadaryoda qurilishi boshlab yuborilgan, ayni kunga qadar uchinchi qavatigacha ko‘tarilgan 19 ta ko‘p qavatli uy tender savdosiga qo‘yildi va talabgor quruvchi izlanmoqda. Holbuki, mazkur uylar quruvchisi aniq.

    Foto: “Daryo”

    Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan quruvchining ta’kidlashicha, viloyatda o‘tkazilgan tender savdosi shunchaki ko‘zbo‘yamachilik bo‘lib, natijasi mas’ullarga oldindan ma’lum bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    “2020-yil yanvar oyida respublika gazetalarining birida uy-joylarni qurish bo‘yicha tender savdosi e’lon qilindi. Mazkur e’longa ko‘ra, joriy yil Qashqadaryo viloyatining qishloq hududlarida 47 ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilishi belgilangan. Ajablanarlisi, tender natijalari ayni kunga qadar e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, viloyatda 19 ta uy qurilishi boshlab yuborilgan. Va aksariyat to‘rt qavatli uylarning uch qavati ko‘tarilgan. Demakki, hali natijasi e’lon qilinmagan tender taqdiri mas’ullarga ma’lum bo‘lgan”, — deydi shaxsini ochiqlashni istamagan quruvchi.

    Foto: “Daryo”

    Qashqadaryo prokurorining birinchi o‘rinbosari Sherali Ashirov imzolagan xatda 19 ta ko‘p qavatli uy qurilishi “Qishloqqurilishinvest”ning viloyat filiali buyurtamasi bilan tanlov savdolari o‘tkazilmagan holda boshlab yuborilganligi tasdiqlanadi.

    Foto: “Daryo”

    Mazkur uylar qurilishi to‘xtatilgani yoziladi.

    Foto: “Daryo”

    Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Ismoil Qo‘ziyev ham “Daryo” muxbiri bilan muloqotda viloyatda tender natijasi e’lon qilinmasdan qurilish ishlari boshlab yuborilganligini tan oldi.

    “Shuning uchun ham o‘zboshimchalik qilgan quruvchi tashkilotlar ustidan sudga shikoyat qildik. Adashmasam, sud ham ularga jarima berdi”, — deydi Ismoil Qo‘ziyev.

    Foto: “Daryo”

    Ismoil Qo‘ziyevning ta’kidlashicha, “Qishloqqurilishinvest”ning viloyat filiali buyurtmasiga asosan, uy qurishni boshlab yuborgan quruvchilar tadbirkor, shu boisdan ham mazkur tashkilot quruvchilarning o‘zboshimchaligiga jim qarab turishga majbur.

    “Ular tadbirkor, tadbirkor ishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirolmaymiz, Vazirlar Mahkamasi huzurida tadbirkorlar huquqini himoya qiluvchi Ombudsman bor, ularning ruxsati bilan kirishimiz mumkin. Biz holat bo‘yicha olgan ma’lumotlarimiz asosida sudga murojaat qildik va sud hukmiga topshirdik”, — deydi Ismoil Qo‘ziyev.

    Foto: “Daryo”

    Ismoil Qo‘ziyev viloyatda noqonuniy qurilgan uy-joylar soni 19 ta emas, ayni kunda 6-7 taga yetishini ta’kidlab, ushbu uylarning texnik va mualliflik nazorati o‘tkazilmaganligini qo‘shimcha qildi.

    Mazkur uy-joylar qurilishida qo‘llanilayotgan qurilish materiallari va buyumlarining shaharsozlik normalari hamda qoidalariga qay darajada mos kelishi hamda standartlariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatilmaganligi inobatga olinsa, demakki, mazkur uy-joylar aholi yashashi uchun talabga javob berish-bermasligi ham so‘roq ostida qoladi.

    “Noqonuniy qurilgan uy-joylar ustidan nazorat hokimliklar zimmasida bo‘lishi kerak”, — deydi hududiy nazorat inspeksiyasi boshlig‘i.

    Foto: “Daryo”

    “Qishloqqurilishinvest” Qashqadaryo viloyat filiali direktori Qo‘yli Narzullayevning ma’lumot berishicha, 2020-yil viloyatda haqiqatdan ham 47 ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilishi belgilangan bo‘lib, mazkur uy-joylarning 45 tasi to‘rt qavatli, 2 tasi besh qavatli qilib quriladi.

    Qo‘yli Narzullayev shartnomasiz qurilishi boshlab yuborilgan ko‘p qavatli uylar Prezident maslahatchisi xatiga ko‘ra boshlanganini ta’kidlar ekan, qurilishi boshlangan uy-joylarning tender savdosiga qo‘yilishini izohlay olmadi.

    “Qurilishi boshlangan va quruvchisi ham aniq bo‘lgan obyektlar tender savdosiga kiritilgach, bizga o‘xshagan quruvchilar umid qilib tenderga kirib, natijasiz chiqishimizga sabab bo‘ladi-ku. Bu esa tender savdolariga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otadi”, — deydi murojaatchi fuqaro “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida.

    Qo‘yli Narzullayev mazkur xatti-harakatini Prezident maslahatchisi T.Xudaybergenovning bosh vazir A.Aripovga yo‘llagan xati bilan asoslashga urinsa-da, mazkur xatda 2019-yil uchun qo‘shimcha uy-joy qurilishi lozimligi va aynan Qashqadaryoda 20 ta, jumladan, Qarshi tumanida 1 ta uy-joyga ehtiyoj borligi ta’kidlanadi. Kuzatuvlarimizga ko‘ra, Qarshi tumanida 3 ta ko‘p qavatli uy-joy tendersiz qurilayotgani ma’lum bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Qarshi tumanining Saxtapiyoz hududida 2 ta to‘rt qavatli uy qad rostlayotgan bo‘lib, birini “Asl kafolat temir beton buyumlari” MChJ, ikkinchisini esa “Behruz Shuhratovich” xususiy korxonasi qurayotgani ma’lum bo‘ldi. Rovot massividagi uyni esa “Akbar Alyans Nur” MChJ vakillari qurayotgani oydinlashdi. Shuningdek, Qarshi shahrining “Cho‘lquvar” va “Roguzar” mahallalarida ham 5 qavatli uylar qurilishi boshlab yuborilganiga guvoh bo‘ldik.

    “Behruz Shuhratovich” xususiy korxonasi qurayotgan uy.

    “Behruz Shuhratovich” xususiy korxonasi qurayotgan uy.
    Foto: “Daryo”

    Mazkur voqealar Qashqadaryo prokuraturasiga ma’lum bo‘lsa-da, hozircha bu haqda rasmiy ma’lumot berilmadi.

    20.03.2020, 17:02   Izoh (0)   44332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda qalbaki pul yasagan fuqarolardan biri qamaldi, birining 3 yilga ozodligi cheklandi

    20.03.2020, 16:31

    O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘aymoqda

    20.03.2020, 16:03

    Uxan universitetida o‘qigan arxitektor qiz Erkinjon Turdimovga maslahatchi bo‘ldi

    20.03.2020, 15:14

    Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi

    20.03.2020, 14:59

    O‘rta Chirchiq tumanidan o‘tuvchi yo‘lda Damas yonib ketdi

    20.03.2020, 13:45

    Toshkentda avtobus tezligini oshirgan haydovchi qayta imtihonga yo‘naltirildi

    20.03.2020, 13:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.