Isroil G‘azo sektorida navbatdagi gumanitar pauza va anklav aholisi uchun insonparvarlik yordami miqdorini oshirishga tayyor.
Bu haqda Isroil prezidenti Isaak Gertsog mamlakatdagi elchilar va diplomatlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
![](/static/2023/gersog12.jpg)
“Isroil garovga olinganlarning ozod etilishini ta’minlash uchun navbatdagi gumanitar pauza va qo‘shimcha gumanitar yordamga tayyor ekanligini tasdiqlay olaman”, — dedi Gertsog.
Isroil prezidentining ta’kidlashicha, bu borada mas’uliyat butunlay HAMAS rahbariyati tomonida.
Izoh (0)