Irlandiya hukumati ukrainalik qochqinlarga to‘lanadigan haftalik nafaqa miqdorini 220 yevrodan 38,8 yevrogacha — besh baravardan ko‘proqqa kamaytirishni ma’qulladi. Shuningdek, hukumat qochqinlarga davlat tomonidan uy-joy berish muddatini 90 kungacha kamaytirdi. Bu haqda RTE teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Bir kun avval tegishli takliflar hukumat qo‘mitasi muhokamasiga kiritilishi va keyinroq Bosh vazir Leo Varadkar va boshqa bir qancha idoralar rahbarlariga taqdim etilishi xabar qilingan edi.

“Hukumat ijtimoiy nafaqalar miqdorini kamaytirishga va Ukrainadan yangi kelgan qochqinlarni davlat uy-joylari bilan taʼminlashni 90 kungacha kamaytirishga rozi bo‘ldi”, — deyiladi telekompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, haftasiga 38,8 yevro miqdorida imtiyozli nafaqa davlat tomonidan taqdim etilgan uy-joylarda yashash muddati davomida beriladi. Ukrainalik qochqinlar turar joy markazlarini tark etgach, to‘lovlar miqdori yana ortadi, deb xabar beradi RTE.
Izoh (0)