Madridning “Atletiko” klubi sotuvga qo‘yildi.
Xabarga ko‘ra, “matraschilar”ning bosh direktori Migel Anxel Xil va klubning 65% aksiyasiga egalik qiluvchi prezident Enrike Sereso jamoaning sotuv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan.
Hozirda “Atletiko”ga NFL a‘zosi “Mayami Dolfins” klubi xo‘jayini Stiven Ross jiddiy qiziqish bildirmoqda. Dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan.
Ross klubiga milliard dollardan ko‘proq sarmoya kiritgan, shuningdek, yana bir necha milliard dollarga “Hard Rok Stedium”ni qurgan.
Forbes 83 yoshli tadbirkorning holatini 10,1 milliard dollarga baholamoqda.
Izoh (0)