Superligaga qaytgan Samarqandning “Dinamo” jamoasi qator futbolchilari bilan xayrlashdi.
2023-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, shartnomasi yakuniga yetgan 6 nafar futbolchi Samarqand klubi safini tark etdi. Bu haqida “Dinamo” klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ular Erkin Boydullayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Murod Toshmatov, Abdujamol Isroilov, ganalik Derrik Mensah va yaponiyalik Koike Yudai kabi futbolchilar.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilgi mavsumni Pro Ligada o‘tkazgan “Dinamo” yakunda Superligaga yo‘llanma beruvchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)