Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan polkovnik Mirzaakbar Madumarov Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar polkovnik Mirzaakbar Madumarov Milliy gvardiya tasarrufidagi Chirchiq shahridagi brigada komandiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
UzNews’ning yozishicha, shu kunga qadar Toshkent shahar bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i Atamurad Ahmedov sog‘lig‘i tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning martida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlangan edi. 2022-yil aprelda esa Adhamjon Sormonqulov Milliy gvardiya qo‘mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Izoh (0)