Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 15,95 so‘mga ko‘tarilib, 12 304,98 so‘m bo‘ldi. Yevro 43,23 so‘mga oshib, 13 440,73 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,32 so‘mga ko‘tarilib, 139,59 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 289,03 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl pastlagandi.
Izoh (0)