Toshkentning Mirobod tumanida bir fuqaro otib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB tarqalgan xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 21-noyabr kuni taxminan soat 22:30 larda Mirobod tumani Nukus va Avliyoota ko‘chalari chorrahasida 1998-yilda tug‘ilgan B.B. Hyundai Sonata avtomobilida piyodani urib yuborgan. 1982-yilda tug‘ilgan piyoda F.K. shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlarga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Poytaxt IIBB ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlardan asoslanmagan va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘radi.
Izoh (0)