11-aprel kuni Toshkentda Finlyandiyaning faxriy konsulligi ochildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Ochilish marosimida Finlyandiya Tashqi ishlar vazirlishi maslahatchisi Markku Keynyanen va Finlandiyaning O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi elchisi (qarorgohi Helsinkida joylashgan) Mariya Liivala ishtirok etgan.
“Toshkentda faxriy konsullikning ochilishi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanimizni bildiradi, — degan Markku Keynyanen o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning Finlyandiyadagi faxriy konsuli Alisher Jo‘raboyev bo‘ldi.
Izoh (0)