Toshkent va Hojikent o‘rtasidagi elektropoyezdlar harakati 8-noyabrdan boshlab vaqtincha to‘xatildi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmatining xabar berishicha, harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida quyidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar vaqtinchalik harakatlanmaydi:
- 6435/6436-sonli Toshkent—Hojikent—Toshkent yo‘nalishi;
- 6441/6442-sonli Toshkent—Hojikent—Toshkent.
“Gazeta.uz”ning aniqlik kiritishicha, elektropoyezdlar harakati kelasi haftadan tiklanadi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘radi.
Izoh (0)