O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1-noyabr holatiga ko‘ra 32,9 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.
2023-yilning 1-oktabrida mamlakat zaxiralari 1,65 milliard dollarga kamayib, 31,03 milliard dollarni tashkil etgandi.
Oltin-valyuta zaxiralari aprel oyidan buyon ilk bor oshdi. Unga qadar esa zaxiralar ketma-ket olti — har oy pasaydi. Yil boshidan buyon mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi” 4,73 milliard dollarga kamaygandi.
Izoh (0)