Moskvadan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reys texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi.
Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar qilishicha, HY602 reysi Domodedovo aeroportidan 7-noyabr kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan. Aviakompaniya texnik mutaxassislari samolyotni parvozga tayyorlash bo‘yicha ish olib bormoqda.
Yo‘lovchilarining bir qismi mehmonxonaga joylashtirildi. Yo‘lovchilarga, shuningdek, kompensatsiya xizmatlari ham taqdim etildi.
Parvoz vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot xabar qilinadi.
Izoh (0)