Portugaliya bosh vaziri Antonio Kosta korrupsiyada gumon qilingani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgach, iste’foga chiqdi. Bu haqda Portugaliyaning RTP telekanali xabar berdi.
Kostaning so‘zlariga ko‘ra, u hech qanday noqonuniy xatti-harakatlar qilmagan va tergov bilan hamkorlik qilishga tayyor. Prezident Marselo Rebelo de Sousa bosh vazirning iste’fosini qabul qildi, deb xabar bermoqda CNN Portugal.
Bugun, 7-noyabr kuni ertalab Portugaliya politsiyasi mamlakat bosh vaziri Antonio Kostaning rasmiy qarorgohida tintuv o‘tkazgandi.
Tergovchilar o‘z e’tiborini Portugaliya shimolidagi litiyni qidirish ishlari va Sineshdagi yashil vodorod bo‘yicha megaloyihalarga qaratishdi. Portugaliyaning CNN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, ishga aloqador bir necha kishi, jumladan, bosh vazir administratsiyasi rahbari Vitor Eskariya va Portugaliyaning Sinesh shahri meri Nuno Maskarenyas, shuningdek, Start Campus bosh direktori Afonso Salema va kompaniyaning huquqiy masalalar va barqaror rivojlanish bo'yicha direktori Rui Oliveyra Neves hibsga olingan.
Izoh (0)