“AVO bank” Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar paketiga ega bo‘lgan, “AVO.uz” MCHJ qo‘shma korxonasining amaldagi aksiyadori o‘z faoliyatini biznesning boshqa loyihalariga yo‘naltirganligi sababli “AVO.uz”dagi ulushini Ruslan Adilbayevga sotishga qaror qildi.
“AVO.uz” yangi investorining fikricha, O‘zbekiston chakana moliyaviy xizmatlar sektori katta salohiyatga ega va ayni paytda u faol o‘sish bosqichida. Bu, ayniqsa, jadal rivojlanib borayotgan bugungi iqtisodiyot, IT-texnologiyalarning faol tatbiq etilishi sharoitida yaqqol sezilmoqda. Ruslan Adilbayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori sarmoya uchun jozibador bozorlardan biri. Shuni inobatga olgan holda, tadbirkor “AVO bank”ning barqaror taraqqiyoti uchun moliyaviy resurslarni yo‘naltirish hamda o‘zining chuqur tajribasini tatbiq etishga tayyor.
Aytish joizki, bank boshqaruvchisi o‘zgarganiga qaramay, “AVO bank”ning maqsad va rejalari o‘zgarmagan. Bundan buyon ham O‘zbekistonda yetakchi raqamli bankni shakllantirish bo‘yicha faol saʼy-harakatlar olib boriladi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)