• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ota kasbimni farzandlarim ham davom ettiryapti – kosib hikoyasi (foto, video)

    Toshkentlik Shahobiddin Yo‘ldoshev ota hunari – kosiblik ortidan rafiqasi bilan to‘rt farzandni voyaga yetkazdi. Bir o‘g‘lini o‘zi orzu qilganidek Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qitdi. Uch o‘g‘li ustaxona ochib ota kasbini davom ettiryapti. “Daryo” muxbiri bilan suhbatda qahramonimiz mexaniklikni tashlab hunarni tanlagani sababi, qanday mijozlardan ranjishi va kosiblarning pul topish sirlari haqida gapirdi.

    Asl kasbi mexanik bo‘lgan Shahobiddin Yo‘ldoshev o‘ttiz yildan beri kosiblik qiladi. Tanlovining sabablarini u quyidagicha izohlaydi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Armiyadan qaytgach o‘zimning yo‘nalishim bo‘yicha ham biroz ishlab ko‘rdim. Bosh mexaniklik darajasiga ham chiqqanman. Menga to‘g‘ri kelmaydigan, dilimni xira qiladigan ayrim vaziyatlar bo‘ldi. Keyin kosibga shogird tushib, shu ishni etagidan tutdim. Bu kasbda bosh og‘riq kam, qancha pul topishingiz o‘zingizga bog‘liq. Kosib bir joyda – do‘konida o‘tirsa yaxshi ishlaydi, hali uyoqqa hali buyoqqa ketaversa pul topolmaydi. Kosibning eng katta kuchi sabrida. Sabr qilsa nimagadir erisha oladi.

    Aslida otam ham massido‘zlik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik ro‘zg‘or tebratish uchun boshqa ishga o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Ota kasbini davom ettirish meni chekimga tushgan ekan. Kosiblik ortidan rizq topayapmiz. Undan tashqari yamoqchilik ham qilamiz.

    Foto: “Daryo”

    Chorsu bozorining hunarmandlar qatorida kosibning tayyor mahsulotlar va xomashyo sotadigan do‘koni, uyida esa kosiblik ustaxonasi bor.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Biz buyurtmaga qarab mijozlarga oyoq kiyimlar tikib beramiz. Bir kunda ikki-uch juft poyabzal tayyorlaymiz. Chunki charm, tag qismi va iplarini хarid qilib, mahsulotni noldan yig‘amiz. Baʼzi kunlari umuman buyurtma bo‘lmaydi, shunday paytlarda yamoqchilik bilan shug‘ullanamiz. Chorsudagi do‘konimizda buyurtmalarni qabul qilib, o‘lchamlarini olamiz va uyga – ustaxonaga xabar beramiz. U yerda ishni boshlashadi. Ikki kishi do‘konda ishlaymiz, ikki kishi ustaxonada. Kechga do‘konni yopib uyga qaytganimizdan keyin hammamiz birga ishlaymiz.

    Oyog‘i yassi bolalar uchun maxsus oyoq kiyimlar ham tikamiz. Agar ularning o‘zlarini yoqtirgan poyabzallari bo‘lsa unga moslab patak-stelki tayyorlab beramiz.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Shahobiddin akaning aytishicha yoz faslida kosiblarga deyarli buyurtma tushmaydi. Bu kasbda “omon qolish”ning birdan bir yo‘li ko‘p qirrali bo‘lish deydi qahramonimiz.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Yoz qiyin mavsum, buyurtmalar kam tushadi. Shunday paytlarda uy bekalariga yengil “to‘qima” oyoq kiyimlar uchun xomashyo yetkazib beramiz, ularga to‘qishni va poyabzalning tag qismiga qanday qotirishni o‘rgatamiz. Kuz faslida esa yamoqchilik ishlari ko‘payadi. Kunlar sovushi bilan odamlar kosiblar mehnatiga ko‘proq ehtiyoj tuyadi, buyurtmalar sezilarli oshadi. Katta o‘lchamli oyoq kiyim kiyadiganlar ham bozorlarda o‘ziga loyiq oyoq kiyim topolmagach bizning xizmatimizdan foydalanishadi. 

    Foto: “Daryo”

    Kosib farzandlariga ham  o‘z hunarini o‘rgatgan, ular bugun otasi bilan birga ishlashadi. Bundan tashqari o‘nga yaqin shogirdlari ham bor.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    —Katta o‘g‘lim - Shamsiddin, asosan, yassi oyoqli bolalar uchun maxsus poyabzallar tikish bo‘yicha mutaxassis. U boshqa kosibga ham shogird tushib tajriba oshirdgan. Ikkinchi o‘g‘lim - Fahriddin Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qidi. Yaqinda malaka oshirishni ham tugatadi. Xususiy tibbiyot klinikalardan birida laborant bo‘lib ish boshladi. Ishdan bo‘sh vaqtlarida bizga qarashadi. Uchinchi o‘g‘lim – Fazliddin bizga yangi mahsulotlarning modellarini chizib beradi. Ko‘p ishimiz unga bog‘liq. Kichkinam Zuhriddin tikish ustasi. Bir-birimizni to‘ldirib ishlaymiz.

    Kosibchilik va yamoqchilik bo‘yicha ham shogirdlarimiz bor. Lekin ko‘pchilik bu ishni xohlamaydi. Chunki zamon tezlashib ketdi, yoshlar tezroq va ko‘proq pul topishni istashadi. Kosiblikda esa pul birdaniga tez kelmaydi, sabr qilish kerak. Hammasiga sekin-sekin erishiladi. Agar ichida qiziqishi va qunti bo‘lsa uch oyda bemalol bu hunarni o‘zlashtiradi. Kelgan bolalarni kuzatib ulardan kosib chiqadimi-yo‘qmi bilish mumkin. Baʼzilari aytgan narsangizni qiladi, o‘zi yaratmaydi. Ayrim bolalar esa o‘rgangan sari yangiliklar qilgisi keladi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Kosibchilikda odamlarni aldab bo‘lmaydi deydi qahramonimiz. Tikkan sifatsiz mahsulotidan eng katta zararni kosibning o‘zi ko‘radi, - deydi u.

    Foto: “Daryo”

    — Agar sifatsiz ish qilsangiz, mijoz sizga taʼmirlatgan yoki tiktirgan oyoq kiyimini oldingizga ko‘tarib keladi. Yolg‘on bilan ish ko‘rsangiz mijoz yo‘qotasiz. Bu ishda siz uchun mijoz mijozni topadi. Kimdir ishingizdan baraka topgan bo‘lsa undan eshitib boshqalar keladi. Kosiblar asosan doimiy mijozlarga tayanib ishlaydi. Turistlar ham buyurtma berib turishidi. Bir kuni Jon ismli amerikalikka charmli poyabzal tikib berdim, unga juda yoqqandi. Mijozga tikkan poyabzalingiz yoqsa - maza qilib kiyib yuribman,- desa xizmat haqini olganingizdan ham ko‘ra ko‘proq quvonch beradi.

    Baʼzida ishimizdan qoniqmagan odamlar ham bo‘ladi. Terini farqlay olmay xunob bo‘lishadi, siz toza charm ishlatmadingiz deyishadi. Shunday o‘jar, injiq mijozlarimiz bilan Fazliddin o‘g‘lim ko‘proq ishlaydi. Chunki u doim kulib turadi, bosiqlik bilan tushuntiradi, mijozning ko‘nglini oladi. Men baʼzida asabiylashib ketaman, chunki umuman ishimda soxta charmdan foydalanmayman, faqat mol terisini ishlataman.

    Shahobiddin Yo‘ldoshev kasbidan fahrlanadi. Hunarim bilan birovdan kam bo‘lmadim, bizning oldimizga turli kasb egalari - boy ham, kambag‘al ham keladi, - deydi kosib.

    Foto: “Daryo”

    — Odamlarning oyoq kiyimiga qarab ularning qaysi kasbda ishlashini ham aniqlasa bo‘ladi. Masalan, qassoblarning oyoq kiyimlarining tag qismi va yonlari yedirilib ketadi. Sababi ular doim qon bosadi, qon esa yemirish xususiyatiga ega. Haydovchilar esa ko‘proq gaz pedalini bosgani uchun oyoq kiyimlari o‘ng tomonga qiyshayib ketadi. Tashkilotlar, bank va ofislarda ishlaydiganlarning poyabzallari unchalik ko‘p zararlanmaydi.

    Baʼzida poyabzallarning poshnasi yoki ishdan chiqqan “zamogi”ni to‘g‘irlashda birgina harakatni o‘zi yetarli bo‘ladi. Mijozning oldida kerakli mixni tanlab bolg‘acha bilan bitta ursam joyiga tushsa, -  shu bitta urganingiz uchun pul olasizmi, - deyishadi. Lekin men qo‘limni shunga moslashtirgunimcha yillar davomida qancha mashq qilganimni o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Bu ham mahorat, men ana shu mahoratim uchun pul olaman.

    Foto: “Daryo”

    Shahobiddin akaning o‘g‘illari uchinchi avlod kosiblar. Ota farzandlari uning kasbini oxirigacha davom ettirishidan umidvor.

    Ko‘rsatuvni to‘liq yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Maqsuda Abduqayumova suhbatlashdi.

    04.11.2023, 21:03   Izoh (0)   13891
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    8 va 9-noyabr kunlari Toshkent shahriga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanadi

    04.11.2023, 20:59

    Bolalar milliy tibbiyot markaziga onkologik o‘smalarni 20 daqiqada tekshirib, oldindan tashxis qo‘ya oladigan radiologik qurilma o‘rnatildi

    04.11.2023, 19:48

    Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda

    04.11.2023, 18:27

    O‘zbekistonga 10 oyda qancha elektromobil import qilingani ma’lum bo‘ldi

    04.11.2023, 17:06

    Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turgan samolyotlarni suratga olgan yigitlar qo‘lga olindi

    04.11.2023, 16:16

    O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil qilinadi

    04.11.2023, 13:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” finalda “PSJ” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 14 iyul, 02:39

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.