Nukusda qalbaki aksiz markalari bilan qadoqlangan qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sifati kafolatlanmagan, qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini aniqlash va ularni ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida Nukus shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida “Bo‘z ovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlardan biri xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada fuqaro A.B tomonidan ijaraga olingan xonadondan qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yashirin sex sifatida foydalanilib kelinayotgani fosh etilgan.
Unda qo‘lbola usulda tayyorlangan va qalbaki aksiz markalari bilan qadoqlangan jami 705 litr “Qaratau” yozuvli aroq mahsulotlari, 640 litr “Antiseptik” yozuvli spirt, 3597 dona qalbaki aksiz markalari, 2187 dona shisha kapsulasi, 965 dona shisha idish qopqoqlari, 4 rulon etiketka, 20 litr filtr suv, 1 dona sana uchun muhr borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olingan.
- Surxondaryoda iyun oyida ham iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olingandi.
- Xorazmda bo‘lsa inson sog‘lig‘i uchun xavfli spirtli ichimliklarni tayyorlab kelgan shaxs faoliyatiga chek qo‘yilgani,
- Namanganda 550 million so‘mlik dori vositalari yo‘q qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)