Toshkentning Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari 30 va 31-oktyabr kuni qisman gaz ta’minotidan uziladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Toshkentda keng ko‘lamli rekonstruksiya, sozlash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli, 30-oktyabr kuni 08:00 dan 31-oktyabr kuni soat 20:00 ga qadar quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Yunusobod tumanida:
- Yunusobod — 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18 va 19-dahalari;
- “Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqo‘rg‘on”, “Turkiston”, “Bobodehqon”, “Obod” mahallalari qisman;
- Moyqo‘rg‘on, Registon, Mirzaahmedova ko‘chalari hamda ToshGRES mittitumanidagi xonadonlar.
Mirzo Ulug‘bek hamda Yunusobod tumanlarida joylashgan ulgurji iste’molchilar:
- 1-sonli qozonxona;
- “Yunusobod metan”, “Edem” bolalar uyi, “Drim gaz”, “Xubit gaz”, “Laziz savdo”, “Aleks Ploya biznes”, “Delyuks trans servis”, “Nak Absolyut” avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGNKS);
- “Edem” bolalar uyi;
- “Deutsche Kabel AG”, “Toshkent fayz agro”, “Makro” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;
- “New Medical Services” klinikasi;
- 19-daha ro‘parasidagi maishiy xizmat majmuasi.
Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi qator manzillarda gaz bosimi pasayishi mumkin. Aholidan gaz uskunalariga e’tiborli bo‘lib, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Izoh (0)