• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dunyo tartiboti o‘zgarmoqda. Birlashmasak, ertaga kech bo‘ladi” — ekspert

    Bugun jahon siyosiy maydonida yuz berayotgan tebranishlar fonida yirik geosiyosiy o‘yinchilarning Markaziy Osiyoga qiziqishi ikki hissa ortdi. Misol uchun, Markaziy Osiyo prezidentlari Xitoy, Rossiya, AQSh va Germaniya kabi mamlakatlarning rahbarlari bilan bir stolda muzokara olib bordi. Albatta, bunda mintaqa davlatlari o‘zaro kelishgan holda ish tutishi maqsadga muvofiq. Xo‘sh, bugun Markaziy Osiyo mintaqasida integratsion jarayon qanday holatda? Integratsiya mezonlari bo‘yicha Markaziy Osiyo qanday darajada? Ushbu savollarga javob olish maqsadida “Daryo.uz” siyosatshunos Oybek Sirojov bilan suhbatlashdi.

    – Integratsiya o‘zi nima?

    – “Integratsiya” so‘zi  – bu jipslashish, uyishish degan maʼnoni anglatadi. Markaziy Osiyo uchun eng muhim jihat mintaqaviy integratsiya hisoblanadi. Bu ko‘p tomonlama hamkorlik natijasida shakllanadigan jarayon. Har bir davlat taraqqiy etishni maqsad qilgan. Taraqqiyotga erishishning eng muhim yo‘li – bu o‘zaro integratsiya. Masalan, Yevropa Ittifoqi boshqa integratsion mintaqalar uchun o‘rnak. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa davlatlari o‘z oldilarida turgan muammolarni aynan integratsiya orqali tezroq hal etib, taraqqiyotga erishdi. Ayni damda Markaziy Osiyo uchun o‘zaro integratsiya suv va havodek zarur.

    – Integratsiya va hamkorlikning bog‘liqlik va farqlari nimada?

    – Siyosatda davlatlar aro va ikki tomonlama hamkorlik mavjud. Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikda asosan bugun foyda olishga eʼtibor qaratiladi. Integratsiyada esa asosiy urug‘u kelajakka qaratiladi. Yaʼni integratsiyaning mevasi kelajakda bo‘ladi. Bundan tashqari, hamkorlikda yechib bo‘lmaydigan muammolarni faqatgina o‘zaro integratsiya orqali yechish mumkin. 

    Siyosatshunoslar mintaqaviy muammolarning mavjudligi va dolzarbligi davlatlarning birlashuviga turtki berishni taʼkidlaydi.

    Hamkorliksiz integratsiya bo‘lmaydi. Integratsiya ham bir obyektiv jarayon. Bir mintaqada integratsiya shaklanishi uchun, avvalo hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi kerak. Chunki ko‘p tomonlama hamkorlik zaminida integratsiya vujudga keladi. Integratsiyaning o‘ziga xos tamoyillari bor. Misol uchun, o‘zaro ishonch va teng hamkorlik. Mana shu tamoyillar ham yaqin hamkorlik natijasida pishib yetiladi.

    – Bugun Markaziy Osiyoda integratsion jarayon mavjud deb ayta olamizmi?

    – 90-yillar boshida mustaqillikni qo‘lga kiritgan Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro integratsion jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun ko‘p harakat qildi. Lekin bu jarayon maʼlum bir bosqichga chiqib, institutsional darajaga chiqqanidan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tashkil etilgan tashkilotlar o‘zining mohiyatini yo‘qotib bordi. Bunda biz ko‘p tomonlama hamkorlikka eʼtibor qaratmadik va o‘zaro strategiya ishlab chiqmadik. Aynan shu nuqtai nazardan, hozir Markaziy Osiyo mamlakatlari ko‘p tomonlama hamkorlikni shakllantirish bosqichida. Hali biz mintaqaviy integratsiya kirish jarayonida emasmiz. Yaʼni integratsiyaga bosqichma-bosqich erishiladi.

    – Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikni qo‘lga kiritganiga 30 yildan oshdi. Nega shu vaqtgacha Markaziy Osiyoning integratsiyaga kirishishiga nima to‘sqinlik qildi?

    – Bunga bir qancha sabablar mavjud. Masalan, davlat rahbarlarining qarashlari alohida aytish mumkin. 1997-yilda Markaziy Osiyoda kim lider bo‘ladi, degan masala ko‘tarildi. Lekin o‘zaro integratsiyaning eng asosiy  masala – bu tenglik! Shuningdek, integratsiyaga taʼsir o‘tkazuvchi tashqi omillar ham mavjud. Meni nazarimda, dunyoda Markaziy Osiyodek mintaqa yo‘q. Bu hududda eng asosiy kuch markazlarining manfaatlari to‘qnashgan. Masalan, AQSh, Rossiya, Yevropa, Eron va Xitoy. Manfaatlar ko‘p to‘qnashgan hududda geosiyosiy mavhumlik ham shu darajada kuchli bo‘ladi. Chunki bir kuchning bu hududda amalga oshirgan siyosatiga boshqa kuchlar javob qaytarishga harakat qiladi. Mana shunday vaziyatdan mohirona foydalanish uchun birinchi navbatda o‘zaro integratsiya zarur. Ayrim kuch markazlari esa bu mintaqada integratsiya bo‘lishini istamaydi.

    Integratsiya o‘ziga xos resurs talab qiladi. Yaʼni kelajak yaxshi bo‘lishi uchun unga nimadir tikish kerak. 90-yillarning boshida Markaziy Osiyo davlatlari integratsiya uchun resurs tikishga tayyor emasdi.

    – Hozir qanchalik tayyor?

    – Hozir Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy ahvoli oldingidan ancha yaxshi. Bundan tashqari, dunyo tartiboti o‘zgarmoqda. Mana shu holatdan foydalanmasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin.

    – Markaziy Osiyoda integratsion qanday holatda?

    – Hozir Markaziy Osiyoning integratsiyasi bilan bog‘liq qabul qilingan qarorlar deklarativ kasb etmoqda. Yaʼni, qaror qabul qilinadi, lekin uning ijrosi to‘liq bajarilmaydi. Shuningdek, haligacha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida chegara muammolari hal etilmagan. Bu muammoni hal etmasdan turib, integratsiya bosqichiga o‘tib bo‘lmaydi. Katta-katta davlatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegara muammosini allaqachon hal etib bo‘ldi.

    – Joriy yilning sentyabr oyida Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 5 ta uchrashuvi bo‘ldi. Bu bir o‘ziga xos davr yakunlanganini anglatadi. Shu vaqt ichida qanday natijalarga erishildi?

    – 2017-yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi bir tashabbus bilan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlari tashkil etilgan edi. Bu o‘ziga xos yangi bir siyosiy institut. Menimcha, bu o‘zini oqlamoqda. Chunki shu uchrashuvlar natijasida davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch shakllandi. Maslahatlashuv uchrashuvlari barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarida bo‘lib o‘tdi va bu yana davom etadi. Chunki biz hali maslahatlashadigan masalalar juda ko‘p. Shu bilan birga, bu institutni yanada rivojlantirish kerak. 

    – Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zi integratsiyani qanchalik xohlaydi?

    – Bu haqda turli xil fikrlar mavjud. Albatta, hamma o‘z manfaatini o‘ylaydi. Markaziy Osiyo integratsiyasidan mintaqa davlatlarining barchasi manfaatdor. Dunyo tartibotining o‘zgarayotgani, Yaqin Sharqdagi masala hamda Ukraina va Rossiya mojarosi fonida birlashishdan boshqa yo‘limiz yo‘q. Buni barcha Markaziy Osiyo davlatlari yaxshi tushunib turibdi. Masalan, uchrashuvlarda barcha davlat rahbarlari ishtirok etmoqda. Bu ijobiy voqealik.

    – Muammolarga qanday yechimlar bor?

    – Menimcha, bugun Markaziy Osiyo davlatlari mintaqada yagona informatsion makon shakllantirishi kerak. Hozir Xitoy mintaqa davlatlari bilan birgalikda axborot makonini qurmoqchi. Bu o‘z o‘rnida Rossiyaning axborot taʼsirini kesadi. Boshqa tomondan Xitoy bu orqali Markaziy Osiyoda o‘z obro‘sini oshirmoqchi. Shuning uchun umumiy axborot makonini yaratishimiz kerak.
    Integratsiya uchun muhim omillardan biri – bu strategiya. Yaʼni Markaziy Osiyo mamlakatlari birgalikda integratsiyaning strategiyasini ishlab chiqishi zarur. Bu bilan mintaqa davlatlari Rossiya, Xitoy va AQSh bilan qanday hamkorlik qilishni aniqlashtirib oladi. Strategiyada shu masalalar ko‘rsatib beriladi. Bunday strategiyani ishlab chiqish juda qiyin. Chunki unda 5 ta davlatni manfaatlarini birlashtirish kerak.
    Markaziy Osiyo davlatlarining integratsiyasi uchun asos bo‘luvchi vosita hali topilmagan. Masalan, Yevropa Ittifoqi ko‘mir-po‘lat birlashmasi asosida rivojlandi. Menimcha, Markaziy Osiyo integratsiyasi uchun energiya mahsulotlari asos bo‘lishi mumkin.

    – Kuchli davlatlar Markaziy Osiyo integratsiyasiga qanday qaraydi?

    – Markaziy Osiyo integratsiyasidan asosiy manfaatdor – bu AQSh va Yevropa Ittifoqi. Chunki ular bu mintaqada Rossiya va Xitoyning taʼsirini ortishini istamaydi. Lekin Rossiya Markaziy Osiyoda integratsiya bo‘lishini xohlamaydi. “Bo‘lib tashla, hukmronlik qil”, tamoyili hali ham mavjud. Xuddi, shunday qarash Xitoyda ham bor. Lekin bu davlatlar mintaqada tinchlik bo‘lishini istaydi.

    Sardor Ali suhbatlashdi

    29.10.2023, 20:05   Izoh (0)   20474
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Umar Muhammadiy

    Sardor Ali Nurmatov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi ayollar va erkaklar soni ma’lum qilindi 

    29.10.2023, 15:38

    O‘zbekistonda issiqxonalarga tabiiy gaz qanday talablar bajarilganda yetkazib berilishi ma’lum qilindi

    29.10.2023, 14:21

    O‘zbekistonda 30-oktyabr kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi 

    29.10.2023, 13:18

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublika deb e’lon qilingani 100 yilligi bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni tabrikladi

    29.10.2023, 13:05

    Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv ikki kunga o‘chiriladi

    29.10.2023, 12:23

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    29.10.2023, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.