Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi qoshidagi strategik aloqalar bo‘yicha koordinator Jon Kirbi hozirda G‘azo sektorida quruqlikdagi harbiy amaliyotlar ko‘lami kengaygani haqidagi xabarlarga izoh berishni o‘rinli deb hisoblamaydi. Bu haqda u onlayn brifingda aytib o‘tdi.
“Men OAVda Isroil armiyasi operatsiyalari haqidagi xabarlarni ko‘rdim va men ular nima qilayotgani va qanday qilib amalga oshirayotgani, operatsiya samara beradimi yoki yo‘qmi — gapirishni istamayman. Bu haqda faqat Isroil armiyasi gapirishi kerak”, dedi u.
Kirbining qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektoriga “katta hajmdagi yoqilg‘i” yetkazib berish bo‘yicha hamkorlar qidirmoqda.
Izoh (0)