G‘azo sektorida bir necha kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqida mahalliy telekanallar xabar berdi.
Bugungi portlashlar 7-oktyabrda G‘azoda vaziyat keskinlashganidan beri eng kuchlisi bo‘lgani ma’lum qilinmoqda.
Portlash oqibatida bir qator binolar vayron bo‘lgan. Halok bo‘lgan va yaradorlar soni haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. G‘azoda aloqa va internet butunlay o‘chgani ham aytilmoqda.
Avvalroq Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya arab va islom davlatlarini HAMASni qurol-yarog‘ va pul bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi.
Uning aytishicha, G‘azo sektoriga qarshi davom etayotgan Isroil agressiyasi butun mintaqani nazoratdan chiqarib yubormoqda.
Izoh (0)