Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Yunusobod va Sergeli tumanlarining gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/Fozilbek/photo_2021-11-03_13-46-07df43sf3sdf3.jpg)
Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida 27-28-oktyabr kuni gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Yunusobod tumanida — 27-28-oktyabr kuni 08:00 dan 20:00 gacha:
- Yunusobod 2-19 dahalardagi ko‘p qavatli uylar;
- “Anorzor” mahallasi;
- “Shahriston” mahallasi;
- “Kulolqo‘rg‘on” mahallasi;
- “Turkiston” mahallasi;
- “Bobodehqon” mahallasi;
- “Obod” mahallasi;
- Registon, Mirzaahmedova, Mouqo‘rg‘on ko‘chalaridagi yerlik xonadonlar;
- ulgurji iste‘molchilar — 15 ta.
Sergeli tumanida — 27-oktyabr 10:00 dan 16:00 gacha:
- “Uchuvchilar” mahallasi;
- uchuvchilar shaharchasidagi xonadonlar;
- ulgurji iste‘molchilar — 8 ta.
Avvalroq “Hududgaztaʼminot” AJ tunda yuqori bosimda tabiiy gaz kelishi haqida xabarlar yuzasidan izoh bergandi. “Bu feyk xabar. O‘tgan yilgi tarqalgan audioyozuv asosida shunday xabarlar tarqalgan”, — deyiladi jamiyat axborotida.
Izoh (0)