Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev Aleksandr Volkanovskiga qarshi trilogiya haqida gapirdi.
![](/static/2023/gettyimages-1737960881-1024x1024.jpg)
“Ikkala jangni yutdim. Uchinchi jangda ma’no ko‘rmayapman. Endi unga imkoniyat beriladi deb o‘ylamayman.
Agar UFC buni xohlasa, nega endi rad qilishim kerak? Men har doim jangga tayyorman.
Menimcha, 2024-yil mart oyida oktagonga qaytsam kerak. Ko‘ramiz”, — deydi Maxachev.
2023-yilda Islom ikki marta Aleks Volkanovskiga qarshi jang qildi va ikkalasida ham g‘alaba qozondi.
Izoh (0)