Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Prezident matbuot kortibining xabar qilishicha, 1-yanvardan boshlab Shahrisabz aeroportiga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi. Toshkent—Qarshi yo‘nalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martaga oshiriladi.
Natijada, aviachiptalar narxi ikki barobar arzonlashadi, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimi esa uch barobar ko‘payadi.
Umuman, kelgusi yilda xorijiy sayyohlarni 500 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Izoh (0)