“Qamchiq” va “Taxtaqoracha” dovonida yangi pulli tunnel qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.
2020—2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil yo‘llarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da qayd etilishicha, “Qamchiq” dovonida tunnel qurish bo‘yicha tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash 2022-yil martga, “Taxtaqoracha” dovonida tunnel qurish bo‘yicha tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash 2021-yil may oyiga belgilangan.
Bu qurilishlar uchun Jahon banki bilan kelishuv tuziladi.
Izoh (0)