• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tadbirkorlik subyektining bank hisobvarag‘idan noqonuniy pul yechib olganlik uchun javobgarlik belgilandi

    O‘zbekistonda shu paytgacha tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish, olib qo‘yish, ortiqcha undirilgan pullarni o‘z vaqtida qaytarmaslik holatlari uchraydi. Ammo bunday harakatlar uchun javobgarlik choralari aniq belgilanmagandi. 

    Yaqinda (10.08.2023) kuchga kirgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan mazkur muammo yechimi tomon muhim qadam tashlandi. Qonunga asosan, Maʼmuriy javobgarlik va Jinoyat kodekslarida tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik, olib qo‘yganlik yoki ortiqcha undirilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun javobgarlik choralari belgilandi.

    Endilikda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan yangi 241 prim 9-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish, olib qo‘yish yoki ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Jinoyat kodeksiga yangi kiritilgan 192 prim 12-moddasiga binoan, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagi javzolar belgilandi

    •  BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
    •  100 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlariga jalb etish;
    •  uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

    Agarda bunday harakatlar:
    a) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
    b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    O‘sha harakatlar:
    a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
    b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 500 baravaridan 600 baravarigacha jarima yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi. Mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik bo‘yicha mansabdor shaxslarga maʼmuriy bayonnomalar tuzish vakolati Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes-ombudsman) hamda uning devoni xodimlariga berildi. Bugungi kunda biznes-ombudsman instituti tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qiluvchi organga aylandi deyish mumkin.

    Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, shuningdek murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Samarqand viloyati bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini buzgan 178 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortilishi taʼminlandi.
    Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining 434 ta murojaatlarining 240 tasi to‘liq qanoatlantirilib, huquqlari tiklanishi taʼminlandi hamda 194 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

    Yuqoridagi qonun tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy choralarini kuchaytirishga va ularning mulkiy huquqlari daxlsizligini huquqiy jihatdan himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

    Shu o‘rinda tadbirkorlik subyektlaridan hisobvaraqlaridan noqonuniy pul mablag‘lari olib qo‘yilishi, qolaversa, huquqlarini har qanday buzilishi holatlari bo‘yicha biznes-ombudsmanga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

    Nodir Namozov,
    Biznes-ombudsman devoni Samarqand viloyati sho‘basi xodimi

    21.10.2023, 18:00   Izoh (0)   7313
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nukusdagi oilaviy poliklinikaga 2 ming dollar evaziga ishga kiritishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi

    21.10.2023, 16:30

    Toshkent supermarketlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxi qanday o‘zgardi?

    21.10.2023, 14:50

    “Rossiya vatandoshlarimizni tekinga boqmayapti”. “Yuksalish” raisi rossiyalik deputatni davlati uchun muhimroq vazifalar bilan shug‘ullanishga chaqirdi

    21.10.2023, 13:40

    O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi 

    21.10.2023, 12:40

    O‘zbekistonda kam ta’minlanganlarga moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish yo‘lga qo‘yiladi

    21.10.2023, 11:45

    “O‘zgidromet” 22-oktyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

    21.10.2023, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.