• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident UNWTO sessiyasida turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator takliflar bildirdi

    Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Global sayyohlik tashkilotining 140 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirokida 20-oktyabr kuniga qadar davom etadigan bosh tadbirida davlatimiz rahbari sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. O‘zbekiston yetakchisi turizm sohasi jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoqlaridan biri ekanini qayd etdi. Keyingi yillarda salkam yuzta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tizimi, yana 55 ta davlat fuqarolari uchun soddalashtirilgan elektron viza tartibi joriy etildi.

    Sayyohlik biznesining barcha turlarini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi, soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi, kredit va moliyaviy yordam kuchaytirildi. Pandemiya cheklovlariga qaramasdan, ikki yil davomida 800 ta infratuzilma loyihasi amalga oshirildi. Mehmonxona o‘rinlari soni 140 mingtaga yetkazildi, 70 ta yangi sayyohlik marshruti ochildi, 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi.

    Natijada O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni ikki barobar ko‘paydi. Turizm eksportidan tushayotgan daromad 4 barobar o‘sdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda mamlakatimizga jami 7 million sayyoh tashrif buyuradi. Ushbu ko‘rsatkichni 2030-yilga borib 15 millionga, ichki turizm oqimini esa 25 millionga yetkazish reja qilingan.

    Olib borilayotgan ishlar jahon hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Jumladan, O‘zbekiston eng tez rivojlanayotgan turizm maskani va eng xavfsiz davlat sifatida xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.

    O‘zbekiston rahbari Turizmni 2030-yilgacha kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan strategiyada zamonaviy turizm va transport infratuzilmasini yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilishini ta’kidladi. Yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan yangi avtomobil va temir yo‘llar quriladi, aviatransport parki 2 barobar kengaytiriladi, aviaqatnovlar soni to‘rt barobar oshiriladi. Katta shahar va sayyohlar ko‘p boradigan manzillarda 30 ta yirik turizm klasterlari tashkil etiladi.

    “Ko‘hna tarix durdonalari” milliy dasturi doirasida turistlarni o‘ziga jalb qiladigan madaniy meros obyektlari soni 800 tadan 2,5 mingtaga yetkaziladi, 745 ta madaniy meros obyekti restavratsiya qilinadi, 20 ta me’moriy yodgorlikda “ochiq osmon ostidagi muzey”lar tashkil etiladi. Ziyorat turizmi dasturi doirasida sayohatga keluvchilar sonini hozirgidan uch barobar ko‘proqqa oshiriladi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish masalalari diqqat markazida bo‘ladi. Umuman, turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish hisobidan kelgusida kamida 1 millionta yangi ish joylari yaratish rejalashtirilgan.

    Ayni paytda O‘zbekiston yetakchisi global turizmning eng dolzarb muammosi — bu turistlarning kafolatlangan xavfsizlik tizimini ta’minlash ekanini qayd etdi. Xalqaro turizm sohasida mustahkam huquqiy asoslarni kuchaytirish maqsadida davlatimiz rahbari BMT doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif etdi.

    Iqlim o‘zgarishlari tobora kuchayib borayotgan davrda “yashil” turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro Harakatlar dasturini qabul qilish har qachongidan ham dolzarbligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu boradagi amaliy qadamlar sifatida UNWTO doirasida “Yashil” turizmni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi shahar” nominatsiyasini ta’sis etish, shuningdek, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti hamda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti hamkorligida Global “yashil” turizm startaplari laboratoriyasini yaratish taklif qilindi.

    Imkoniyati cheklangan sayyohlar uchun qulay sharoitlarni yanada kuchaytirish va inklyuziv turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston prezidenti 2025-yilni “Butunjahon inklyuziv turizm yili” deb e’lon qilish va maxsus deklaratsiya qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

    UNWTO doirasida tarixiy yodgorliklarni asrash bo‘yicha eng ilg‘or tajribalar bilan almashish uchun platforma — Sayyohlik bo‘yicha tarixiy shaharlar kengashini tuzish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. O‘zbekiston kengashning birinchi yig‘ilishini Buxoro shahrida tashkil etishga tayyorligi qayd etildi.

    Mamlakat yetakchisi yaqinda Samarqandda ochilgan turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha dunyoda o‘xshashi yo‘q UNWTO Xalqaro turizm akademiyasida mutaxassislarni o‘qitish uchun maxsus grantlar ajratilishini e’lon qildi. O‘zbekiston rahbari yoshlar uchun sayyohlikni rivojlantirish loyihalari hamda yangi g‘oyalarni yaratishda muhim va foydali maydonga aylanadigan Jahon yoshlar turizmi sammitining navbatdagisini Toshkent shahrida o‘tkazishni taklif etdi.

    “Ipak yo‘li” brendini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun UNWTO maxsus xalqaro mukofotini ta’sis etish tashabbusi bildirildi. Ushbu rejani amalga oshirish bilan Samarqandda ochilgan “Ipak yo‘lida turizm” tematik ofisi faol shug‘ullanadi. Global media kampusini ta’sis etish va uning forumlarini har ikki yilda bir marta Bosh Assambleya sessiyalari doirasida o‘tkazish muhimligiga e’tibor qaratildi. Birinchi media kampusini O‘zbekistonda qabul qilishga tayyorlik bildirildi.

    Davlat rahbari delegatlarni Samarqandni “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” deb e’lon qilish va tegishli deklaratsiyani qabul qilishga doir tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. So‘zining yakunida O‘zbekiston prezidenti Bosh Assambleya sessiyasi muvaffaqiyatli o‘tishini va unda yangi natijalarga erishilishini tiladi.

    16.10.2023, 19:17   Izoh (0)   3850
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

     Prezident turizm salohiyatini ko‘rsatish bo‘yicha hokimlarga topshiriq berdi

    11.10.2023, 18:20

    Samarqand shahrida turistik infratuzilmani yaxshilash uchun 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ investitsiya sifatida kiritildi

    16.10.2023, 18:25

    Toshkentda noqonuniy qurilgan binolarni buzish boshlandi

    16.10.2023, 18:19

    Toshkentda erkak gaz ballon portlatishini aytib, MIBga qarshilik ko‘rsatdi (video)

    16.10.2023, 17:34

    Shavkat Mirziyoyev BMT tizimidagi Butunjahon turizm tashkilotining bosh kotibini qabul qildi

    16.10.2023, 17:30

    Yangiyo‘l tumanida “yoshlar daftari”ga kiritilgan 100 nafar fuqaroga subsidiya asosida texnikalar topshirildi

    16.10.2023, 17:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.