Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismida asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, faqat janubiy hududlarda, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 18-oktyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. 16-oktyabr kuni kunduzi harorat 18-20 daraja atrofida bo‘ladi, haftaning ikkinchi yarmida esa havo kunduz kunlari 22-25 darajagacha, janubda 27 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab havo ancha iliq, harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Toshkentda 16—20-oktyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechalari 7-8 daraja iliqdan 11-12 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. 16—17-oktyabr kunlari kunduzi 19-22 daraja, 18—20-oktyabrda 22-25 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)