O‘zbekistonda 12-oktyabr kuni qariyb 700 kishi ishga joylashtirildi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 12-oktyabr respublika bo‘yicha 7 727 nafar fuqaro bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolangan. Tuman va shahar bandlik bo‘limlari ko‘magida 697 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan, 89 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan.
Shuningdek, 546 nafar nafaqa yoshiga yetgan ishsiz fuqaroning mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi”ga kiritildi. Aholiga eng ko‘p xizmat ko‘rsatgan hududlar:
- Namangan viloyati — 117 nafar;
- Samarqand viloyati— 109 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 102 nafar;
- Buxoro viloyati — 87 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 75 nafar.
Qayd etilishicha, 3 ta tadbirkorlik subyektiga ishga qabul qilingan fuqarolar uchun subsidiya ajratilgan.
Izoh (0)