Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi 10-oktyabr, seshanba kuni mamlakatning to‘rt fuqarosi “Tolibon” hibsxonasidan ozod etilgani haqida xabar berdi.
Britaniya tomonining ma’lum qilishicha, Afg‘onistonda to‘rt britaniyalik mamlakat qonunlarini buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. “Tolibon” ularni ozod etgan. Ularning shaxsi oshkor qilinmadi.
Sentyabr oyida “Tolibon” Afg‘onistonning G‘or viloyatida ishlayotgan yordam tashkilotining 18 nafar xodimini hibsga olgani, ular orasida bir amerikalik borligi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashgan “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy Afg‘onistondagi Xitoy fuqarolari xavfsizligini himoya qilishga kafolat berdi.
Izoh (0)