Afg‘onistondagi kuchli zilzila qurbonlari soni 2 400 kishiga yetdi. Yaradorlar 2 000 dan ortiq odamni tashkil etmoqda, deb xabar berdi “TASS”.
Zilzila qurbonlar soni bo‘yicha mintaqadagi eng yirik ofatlardan biri hisoblanadi.
7-oktyabr kuni Afg‘onistonning Hirot viloyatida 6,2 magnitudali zilzila qayd etilgan, uning epimarkazi 272 ming kishi istiqomat qiladigan Hirot shahridan 42 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda.
- 8-oktyabr kuni Afg‘onistonda yana bir zilzila qayd etildi. Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonning sharqiy qismida kuzatilgan zilzila magnitudasi 4,5 ballni tashkil etgan.
- Mazkur zilzila oqibatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)