O‘zbekistonda 8 oy ichida 25 ming nafarga yaqin bola ota yoki onasiz yashashga majbur bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 oyida malakatimizda 33 mingdan ortiq oila ajrashgan. Mamlakatdagi oilaviy ajrashishlar sabab, joriy yilning o‘tgan 8 oyida 25 ming nafarga yaqin bolalar ota yoki onaning to‘liq mehridan bebahra qolmoqda.
2022-yilda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “xotin-qizlar.uz” milliy platformasi yaratilgan. Unga mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan “Xonadonbay”, “Fuqarobay” yondoshuv asosida mamlakatdagi 17,8 milliondan ziyod xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan.
Izoh (0)