O‘zbekistondagi yangiliklar sayti bo‘lgan “Repost.uz” jurnalistiga tahdid qilindi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi mazkur holatga munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi “Repost.uz” jurnalisti Violetta Mustafina bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirlanmoqda. Jurnalistning bloger Amirxon Shamsiddinovdan olgan tahdidlari va haqoratlari, shuningdek, uning shaxsiy fotosuratlarini haqoratli sharhlar bilan tarqatish mutlaqo qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan harakatlardir.
Qayd etilishicha, zo‘ravonlik va hurmatsizlikning bunday ko‘rinishlari qat’iy qonuniy javobgarlikka tortilishi kerak. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi O‘zbekistonda matbuot erkinligi va jurnalistlarning xavfsizligi kafolatlanishi kerakligini ta‘kidlamoqda.
“Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ushbu vaziyatni kuzatib boradi va jurnalistlarning so‘z erkinligi va xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan sa‘y-harakatlarni davom etadi”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)