Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.
Sovrin uchun “Manchester Yunayted” hujumchisi Rasmus Heylun (“Galatasaroy”ga qarshi o‘yinda 2 ta gol), “Atletiko” forvardi Alvaro Morata (“Feyenoord”ga qarshi bahsda dubl), “Real” yarim himoyachisi Jud Bellinghem (“Napoli”ga qarshi o‘yinda gol+pas) va “Braga” vingeri Bruma (“Union”ga qarshi bahsda gol+pas) kabi futbolchilar kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Bellinghem joriy mavsum ikkinchi marta haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoridan joy olmoqda.
O‘tgan turda “Portu” futbolchisi Galeno eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.
Izoh (0)