Oxirgi olti oyda Qirg‘izistonga xorijiy sayyohlardan tushgan daromad 471 million dollarga yetdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘pdir. Bu haqda Qirg‘iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Belgilangan davrda xorijiy sayyohlarning ekskursiyalari sayyohlik kompaniyalariga 1 milliard 178,2 million som (13 million 279 ming 224 dollar) foyda keltirdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 barobar ko‘pdir. Dam olish maskanlari ham o‘z daromadlarini 413 million somga (4 million 655 ming dollar) yetkazdi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 19 foizni tashkil etdi.
Mehmonxonalar va kafelar ham daromadi sezilarli o‘sganini ta’kidlamoqda. Mehmonxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1 milliard somdan oshdi (11 million 272 ming 686 dollar). Bu 2022-yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘pdir. Shu bilan birga, restoranlar va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalari o‘z daromadlarini 25,2 foizga oshirib, 4,1 milliard somga (45 million 090 ming 744 dollar) yetdi.
Tashuvchilar ham chetda qolmagan. Qirg‘iziston Respublikasiga sayohatchilarni tashishdan tushgan daromad 3,5 milliard somni (39 million 454 ming 401 dollar) tashkil etdi. Shunday qilib, ularning daromadida umumiy o‘sish yil davomida 18,6 foizga yetdi.
Izoh (0)