Qatarga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar investitsiyalar agentligi direktori Bandar ibn Saud Ol Soniyni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlik sanoat, infratuzilma, energetika, ko‘chmas mulk, elektron texnologiyalar sohalarida yirik loyihalarni ilgari surishda katta tajribaga ega global miqyosdagi yetakchi investitsiya xoldinglardan biridir. Idora rahbari bir vaqtning o‘zida Qatar Markaziy banki raisidir.
Uchrashuvda agentlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini O‘zbekistonda “yashil” energetika obyektlari — quyosh va shamol stansiyalarini qurish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, jumladan zamonaviy aviaterminallar barpo etish va boshqa investitsiya loyihalariga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Ilg‘or bank-moliya xizmatlarini, jumladan islom moliyasi dasturlari doirasida rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirilgan.
Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki tomonlama guruh uchrashuvi yaqin fursatda o‘tkaziladi.
Izoh (0)