Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” 2025-yilgacha davom etishini aytdi. Qrimdagi bir qator nozik zarbalardan so‘ng, Shoygu Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi qancha davom etishini tushuntirdi. Uning nutqini “TASS” agentligi o‘zining Telegram kanalida e’lon qildi.
Rossiya mudofaa vaziri keyingi ikki yil ichida Rossiya o‘zining “belgilangan maqsadlariga” erishishni va qo‘mondonlik tomonidan ko‘zlangan barcha tadbirlar va rejalarni amalga oshirishni aytdi.
“Zamonaviy qurol-yarog‘ va qo‘shinlarning takomillashtirilgan tayyorgarligi, 2025-yilgacha bo‘lgan chora-tadbirlar va harakat rejalarining izchil amalga oshirilishi oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish imkonini beradi”, — dedi u.
Shuningdek, vazir Ukraina AQSH va ittifoqchilaridan yordam olayotganini eslatdi. U bunday harakatlar Ukrainani “o'zini o‘zi yo‘q qilishga undashi”ni bildirdi.
Izoh (0)