Ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning pirola nomli yangi shtammi keng tarqalayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Sanepidqo‘mita mazkur xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, mazkur mutatsiya Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya, Tailand va AQSHda ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Hozirgacha bo‘lgan davrda mamlakatda va qo‘shni davlatlarda koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlar qayd etilmagan.
Sanepidqo‘mitaning Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi tahlillar natijasiga ko‘ra mamlakatda kasallanganlarning 100 foizida omikron shtammining turli variantlari ekani aniqlangan.
“Yuqoridagi maʼlumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, mamlakatimizda epidemik vaziyat barqarorligicha saqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)