Navoiy viloyati Tomdi tumanida echkisi ko‘chatga shikast yetkazgani uchun erkak jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Tomdi tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida fuqaro S.T.ga tegishli bo‘lgan bir bosh echki tomonidan “Sharq” OFYda joylashgan “Sharq bog‘dorchilik” shirkati hududida kuz mavsumida ekilgan bir dona daraxt ko‘chatiga o‘sishdan to‘xtamaydigan darajagacha shikast yetkazilgani aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 million 650 ming so‘m jarima va 990 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
Izoh (0)